Marhumlar orasidagi tirik: «Oskar»-2017 taqdimotida ro‘y bergan yana bir ko‘ngilsizlik
AQSh kinoakademiyasining «Oskar» sovrinlarini topshirish tantanali marosimida yana bir ko‘ngilsiz voqea kuzatildi. Unda o‘tgan bir yil mobaynida hayotdan ko‘z yumgan mashhur insonlar xotirasiga bag‘ishlangan In Memoriam nomli videolavhada qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yildi, deb yozadi Variety jurnali. Unda marhum kishilar ro‘yxatida tirik inson ham namoyish etilgan.
So‘nggi bir yil mobaynida hayotdan ko‘z yumgan kinematografistlar ro‘yxatida liboslar bo‘yicha avstraliyalik rassom Janet Patterson ham kiritilgan. U to‘rt marotaba «Pianino», «Xonim portreti», «Oskar va Lyusinda» hamda «Yorqin yulduz» filmlaridagi liboslar uchun «Oskar» mukofotiga ilgari surilgan.
Shu bilan birga, rolikda Pattersonning ismi va kasbi to‘g‘ri ko‘rsatilgan. Biroq, lavha mualliflari surat tanlashda xato qilishgan. Ular Patterson o‘rniga avstraliyalik prodyuser Jyen Chepmanni ko‘rsatishgan.
Chepmanning ta'kidlashicha, videoda Patterson surati o‘rniga o‘zining suratini ko‘rgani sababli uning ko‘ngli «vayron bo‘lgan». Prodyuser liboslar bo‘yicha rassomni do‘sti va qadrdoni bo‘lganini ta'kidlagan.
Avvalroq, «Oy shu'lasi» «Oskar-2017»ning bosh sovrinini qo‘lga kiritgani xabar qilingan edi.
Mavzuga oid
10:48
AQSh iqtisodiyoti har qachongidan ham kattaroq va yaxshiroq. Siyosiy qarorlar buni barbod qilishi mumkinmi?
10:30
AQSh Ukrainaga 425 mln dollarlik yangi yordam paketini taqdim etmoqda
19:01 / 01.11.2024
AQSh partiyalari saylov kampaniyasiga qancha pul sarflagani hisoblab chiqildi
09:50 / 01.11.2024