Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Noqonuniy ko‘cha poygalarida qatnashgan shovvozlar umrbod ozodlikdan mahrum etildi
Germaniya poytaxti Berlin shahrida poyga uyushtirgan ko‘cha poygachilari sud tomonidan umrbod ozodlikdan mahrum etildi. Ular jipga ham zarar yetkazishgan, deb xabar bermoqda DW.
Berlin sudi shahar markazida noqonuniy poygalarda ishtirok etgan ikki nafar ko‘cha poygachilariga umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi. Ularning xatti-harakatlari oqibatida jip mashinasiga zarar yetdi hamda bir kishi halok bo‘ldi. Ayblov vakillarining ta'kidlashicha, yigitlar hech kimning hayotiga zomin bo‘lishni istashmagan bo‘lishsada, poyga shunday yakun topishini hisobga olgan bo‘lishlari mumkin.
Germaniyada ko‘cha poygachilariga nisbatan shunday qattiq sud qarori ilk bora chiqarildi.
Ma'lumot uchun, 2016 yilning 1 fevraliga o‘tar kechasi 25 hamda 28 yoshdagi ikki nafar yigit Berlinda noqonuniy poygalar o‘tkazishgan. Ulardan biri KaDeWe supermarketidan uncha uzoq bo‘lmagan yerda jipga kelib urildi hamda transport vositasining 69 yoshli haydovchisi YTH tufayli hayotdan ko‘z yumdi.
Mavzuga oid
08:40 / 06.06.2026
Kremlda Putin va Shryoder o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
08:51 / 04.06.2026
Germaniya fuqaroligini olgan chet elliklar soni rekord darajaga yetdi
08:28 / 03.06.2026
Ruminiya 298 ta Lynx jangovar mashinasini xarid qiladi
08:38 / 02.06.2026