Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an IHT sammiti doirasida bir necha davlat prezidentlari bilan uchrashdi
Pokistonning Islomobod shahrida Turkiya va Eron prezidentlari - Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va Hasan Ruhoniy o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqida "Anadolu" nashri xabar berdi.
Birga bir formatidagi uchrashuv Islomoboddagi Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT)ning 13-sammiti doirasida bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar yopiq eshiklar ortida o‘tkazildi va bir soat atrofida davom etdi.
Bundan tashqari Rajab Toyyib Erdo‘g‘an yopiq eshiklar ortida Turkmaniston rahbari Gurbanguli Berdimuhammedov, Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev hamda Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan ham birga-bir formatda uchrashdi. Barcha uchrashuvlar Serena mehmonxonasida bo‘lib o‘tib, bir soat atrofida davom etgan.



Mavzuga oid
14:18 / 19.03.2026
Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev strategik sheriklikni muhokama qildi
19:49 / 05.03.2026
Aliyev Naxichivon aeroportiga dron zarbasini terakt deb atadi
23:34 / 18.02.2026
Ozarboyjon elchixonasiga zarbalar tasodifmi?
14:08 / 11.02.2026