Iqtisodiyot | 10:39 / 01.03.2017
8011
2 daqiqa o‘qiladi

Figaro: Fransiya qurol-aslaha eksporti bo‘yicha rekord ko‘rsatkichlarga erishdi

Fransiya 2016 yilda qurol-aslaha eksporti bo‘yicha o‘zi uchun  rekord ko‘rsatkichlarga erishdi. Fransiya o‘tgan yil 20 mlrd yevrodan ko‘proq qiymatga qurol-aslaha sotgan. Bu haqda Fransiya mudofaa vazirligi ma'lumotlariga iqtibos keltirgan holda Le Figaro nashri xabar bermoqda

Ma'lumotlarga ko‘ra, yirik shartnomalar, jumladan Rafale samolyotlarining Hindistonga va Caracal vertolyotlarining Kuvaytga yetkazib berilishi hisobiga Fransiya ketma-ket ikkinchi yil qurol-aslaha eksportchilari reytingidagi 2-o‘rinni saqlab qolmoqda va 40-50 mlrd dollarlik ko‘rsatkichga ega AQShdan ancha ortda qolmoqda hamda deyarli Rossiya bilan bir xil darajada.

Ta'kidlanishicha, 2016 yildagi 20 mlrd dollarlik ko‘rsatkich 2015 yildagidan 3 mlrd dollarga ko‘proqni tashkil qilgan.    

Nashrning fikricha, Fransiya 2012 yilda qurol-aslaha eksportidan olinadigan daromadlar borasidagi kuchli pasayishni bir qator omillar evaziga yenga olgan. "Fransiya qurol ishlab chiqaruvchilari geosiyosiy vaziyatning o‘zgarishidan foydalana olishgan. Terrorchilik xavfining kuchayishi, IShIDga qarshi kurash olib borish zarurati, Yaqin Sharq mintaqasining barqarorsizlanishi, Hindiston-Pokiston chegarasi va Xitoy chegarasining bir qator hududlarida taranglikning kuchayishi bir qator davlatlarning o‘z qurol-aslaha zaxiralarini to‘ldirishga intilishlariga olib keldi", deyilmoqda nashrda.

Mavzuga oid