Fan-texnika | 22:02 / 01.03.2017
7924
2 daqiqa o‘qiladi

Gigabit Ethernet, Wi-Fi va Bluetooth'li mitti kompyuter taqdim etildi

FriendlyARM kompaniyasi ishlab chiqaruvchilar uchun yangi kompyuterini namoyish qildi. NanoPi M1 Plus bahosi - 30 AQSh dollari. Bu haqida ServerNews nashrida ma'lum qilindi. 

Qurilma Allwinner H3 platformasiga tayanadi. Bu protsessor 1,2 GGts chastotali Cortex-A7 to‘rt hisoblash yadrolari va 600 MGts chastotagacha bo‘lgan Mali-400MP2 grafik tezlatgichi bilan jihozlangan. Operativ xotira hajmi 1 Gb'ga teng. 

Yangi kompyuter hajmi atigi 64 × 60 mm. Qo‘llab-quvvatlovchi interfeyslar orasida UART, SPI, I2C, I2S/PCM, SPDIF-OUT va GPIO qayd etilgan. 

Qurilma Gigabit Ethernet tarmoq kontrolleriga ega. Simsiz aloqa uchun Wi-Fi 802.11b/g/n va Bluetooth 4.0 (LE) mas'ul. 

Ma'lumotlarni saqlash uchun 8 Gb'li eMMC flesh-moduli mavjud. Bunga qo‘shimcha ravishda microSD formatidagi kartani ham qo‘llash mumkin. Qurilma USB 2.0, HDMI ulagich, 3.5 millimetrli audiodarcha va infraqizil port bilan ta'minlangan. 

Mavzuga oid