Jamiyat | 13:57 / 02.03.2017
3813
1 daqiqa o‘qiladi

Argentinada o‘qituvchilar norozilik namoyishiga chiqishdi

Argentina poytaxti Buenos-Ayres shahrida o‘qituvchilar mamlakat prezidenti Maurisio Makrining maoshlar bo‘yicha chegara o‘rnatib qo‘yish qaroriga qarshi norozilik namoyishiga chiqishdi. Hodisa tasvirlari Ruptly tomonidan e'lon qilingan.

Namoyish vaqtida xavfsizlikni ta'minlash uchun huquq-tartibot organlarining 2 ming xodimi jalb etilgan. Pedagoglar Milliy kongress binosi oldigacha kelishgan. Aktsiya tinch xarakterda o‘tib, politsiya va namoyishchilar o‘rtasida to‘qnashuvlar ro‘y bermagan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid