Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Turkiyaning Suriyadagi navbatdagi maqsadi qaysi shahar ekanini aytdi
Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 2 mart, payshanba kuni Turkiyaning Suriyadagi keyingi maqsadi Manbij va Raqqani ozod qilish ekanini ma'lum qildi. Bu haqida Daily Sabah nashrida xabar berildi.
Erdo‘g‘an Pokistondan qaytayotgan prezident samolyotida jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda Turkiya o‘z chegarasida mustaqil terrorchi davlatlarning mavjudligiga yo‘l qo‘ymasligini tasdiqladi.
"Al-Bobni terrorchilardan ozod qilingandan keyin Turkiyaning Suriyadagi yangi maqsadi Manbij shahri bo‘ladi. Manbij arablarga tegishli shahar va u yer Raqqa bo‘lishi kerak emas", - dedi Erdo‘g‘an.
AQShning qo‘llab-quvvatlashiga doir savolga javob berar ekan, Erdo‘g‘an shunday dedi:
"Ularning shtab rahbari (general Jozef Danford) va Markaziy razvedka boshqarmasining yangi rahbari (Mayk Pompeo) Turkiyaga kelishdi va biz ularga SDF Raqqadagi operatsiyada bo‘lmasligi kerakligini aytdik. Turkiya o‘z chegaralarida qurollangan terrorchilarning mavjudligiga yo‘l qo‘ymaydi", - dedi prezident.
Erdo‘g‘an zarurat tug‘ilgan taqdirda, Turkiya bu maqsadi yo‘lida Rossiya bilan hamkorlik qilishi mumkinligini qo‘shimcha qildi. Bundan tashqari, u Turkiyaning doimiy asosda Suriyaga joylashib olish niyati yo‘qligini ta'kidladi.
23 fevral kuni turk armiyasi va FSA bo‘limlari Suriyaning shimolidagi Al-Bob shahrini IShIDdan ozod qildi.
Mavzuga oid
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026