Jamiyat | 16:15 / 02.03.2017
3540
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Antarktidada tadqiqot stansiyasini quradi

Foto: Anadolu

Turkiya Antarktidada ilmiy-tadqiqot stansiyasini quradi. Bu haqda mamlakat ilm-fan, sanoat va texnologiyalar vazirligi rahbari Faruk O‘zlu ma'lum qildi.

O‘zluning so‘zlariga ko‘ra, bo‘lajak stansiya uchun barcha bino va uskunalar Turkiyadan dengiz orqali olib kelinadi.

«Turkiyaga bunday hajmdagi yukni yetkazib berish uchun muzyorar kerak, ammo u hozircha yo‘q. O‘ylashimcha, birinchi bosqichda muzyorarni qurish yoki uni yollash kerak», - deya vazirning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Anadolu agentligi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Turkiya shaxsiy stansiyasi yordamida Antarktidada ilmiy tadqiqotlarni doimiy asosda olib borish imkoniga ega bo‘ladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid