Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 09:49 / 03.03.2017
5895
1 daqiqa o‘qiladi
Xitoy janubi-g‘arbida yuz bergan avtohalokatda 10 kishi halok bo‘ldi
Xitoyning janubi-g‘arbida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi, yana 38 kishi jarohat oldi. Bu haqda Daily China nashri xabar bermoqda.
Avtohalokat Lintsan okrugida sodir bo‘lgan. YTHda yuk mashinasi 47 kishini olib ketayotgan avtobus bilan to‘qnashgan.
Ma'lum qilinishicha, huquq-tartibot idoralari ushbu holat yuzasidan tergov boshlashgan. YTHning boshqa tafsilotlari keltirilmagan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish