Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoylik politsiyachilar o‘g‘riga to‘yini oxirigacha o‘tkazib olishga ijozat berishdi
Xitoyning janubidagi Xeyshuy uyezdida politsiyachilar mobil telefonlarni o‘g‘irlashda gumon qilingan yigitni hibsga olish uchun uning to‘yini to‘xtatmaslikka va to‘y yakunlanishini kutishga qaror qildilar. Bu haqda South China Morning Post nashri xabar bermoqda.

Kuyovning otasi to‘ydan oldin unga u kelin bilan ko‘chib o‘tishi kerak bo‘lgan yangi uyni jihozlash uchun 140 ming yuan (20,3 ming dollar) bergan. Biroq Van Chen ismli bu yigit bir oy ichida pullarni boshqa narsalarga sovurib tashlagan.
U otasi bergan mablag‘larni ishlab topish uchun ishga kirmoqchi bo‘lgan, biroq uning omadi chopmagan. Shunda yigit jinoyatga qo‘l urishga qaror qilgan. To‘ydan biroz oldin u bir do‘kondan 20 ta Apple va Samsung smartfonlarini o‘g‘irlab ketgan.
O‘tgan yil iyunda xitoylik politsiyachilar muvaffaqiyatli "ovdan" keyin holdan toyib uxlab qolgan o‘ta xavfli o‘g‘rini qo‘lga olishgan. O‘g‘ri Tszinan shahridagi piyodalar ko‘prigida mahalliy aholi tomonidan behush holda topilgan. Voqea joyiga yetib kelgan shifokorlar va huquq-tartibot idoralari xodimlari o‘g‘ri issiq urishi sababli hushidan ketgan deb o‘ylashgan. Biroq tez orada u "noz" uyqudaligi aniqlangan. O‘g‘rining yonidan 20 ming yuanlik (3 ming dollar) zeb-ziynat solingan paket chiqqan.
Mavzuga oid
22:37 / 02.02.2026
Xitoy ketma-ket 16 yildan buyon dunyodagi eng yirik kemasoz davlat maqomini saqlab turibdi
20:40 / 02.02.2026
Xitoyda Birma mafiyasining yana to‘rt a’zosi qatl etildi
23:40 / 30.01.2026
Panama kanali Xitoy kompaniyasidan olib qo‘yildi
20:07 / 30.01.2026