Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kun grafigi: Jahonning YaIM qanday taqsimlanadi?

Amerika Qo‘shma Shtatlarining yalpi ichki mahsuloti (YaIM) dunyo YaIMning deyarli chorak qismini tashkil qiladi - 24,3 foiz. Bu Xitoy ko‘rsatkichlari (14,8 foiz)dan 10 foizga, Yaponiya YaIM (5,9 foiz)dan esa 18 foizga ko‘p. Insider Pro shu haqidagi ma'lumotini taqdim etdi.
Dunyo YaIM ulushi bo‘yicha top-10 mamlakat ro‘yxati:
1. AQSh (18,03 trillion dollar)
2. Xitoy (11 trillion dollar)
3. Yaponiya (4,38 trillion dollar)
4. Germaniya (3,36 trillion dollar)
5. Buyuk Britaniya (2,86 trillion dollar)
6. Fransiya (2,42 trillion dollar)
7. Hindiston (2,09 trillion dollar)
8. Italiya (1,82 trillion dollar)
9. Braziliya (1,77 trillion dollar)
10. Kanada (1,55 trillion dollar)
Biroq agar bu grafikka mamlakatlar nuqtai nazaridan emas, bloklar nuqtai nazaridan qaralsa, unda Osiyoning yetakchilik qilayotganini ko‘rish mumkin. U jahon YaIM uchdan bir qismidan ortig‘i (33,84 foiz)ni tashkil qiladi. Osiyo YaIM Shimoliy Amerika YaIM (27,95 foiz)ni hech qanday qiyinchiliksiz ortda qoldirdi. Yevropa YaIM (21,37 foiz) esa - uchinchi o‘rinda. Mazkur uch blok birgalikda umumiy jahon iqtisodiyotining 4/5 qismini tashkil qiladi.
Mavzuga oid
10:31 / 05.06.2026
YeTTB O‘zbekiston iqtisodiyoti 2026 yilda 6,5 foizga o‘sishini prognoz qildi
08:17 / 01.06.2026
Elektr energiyasiga talab oshib bormoqda: dunyo reytingi taqdim etildi
08:05 / 15.05.2026
Dunyodagi eng yirik portlar reytingi e’lon qilindi
08:17 / 11.05.2026