Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Marsgacha tunnel yaratilishi mumkin
Foto: NASA
NASA sayyoralar ilm-fani bo‘limi rahbari Jim Grin Marsni xavfli fazoviy nurlanishdan himoya qilishga imkon beruvchi va sayyorada hayot uchun yaxshi iqlim sharoitini yaratib berishga imkon beruvchi magnitli tunnelni yaratishni taklif qildi. Olim o‘z g‘oyalari haqida maxsus anjumanda so‘zlab berdi, deb xabar bermoqda The Daily Mail.
Sayyorashunos Quyosh va Mars o‘rtasida magnitli qalqon yaratishni taklif etmoqda. U Qizil sayyorani zaryadlangan fazoviy zarralar oqimidan himoya qilishga yetarli bo‘lgan magnit maydonini yuzaga keltiruvchi o‘ziga xos katta elektr dipoldan iborat bo‘ladi. Maydon tuzilmasi Mars himoya maydoni kuch liniyalari tomonidan tashkil etilgan tunnel ichida bo‘lishini nazarda tutadi.
Qalqon L1 holati – Mars va Quyoshni bog‘lovchi Lagranj nuqtasi bo‘ylab to‘g‘ri holatda joylashishi kerak. Gringa ko‘ra, magnit maydoni vaqt o‘tishi bilan Marsda atmosfera tashkil etilishiga xizmat qiladi – qadimda uning 90 foizi koinotga quyosh radiatsiyasi tomonidan olib chiqib ketilgan.
Olimning hisob-kitoblariga ko‘ra, himoya maydoni paydo bo‘lganidan bir necha yil o‘tib Marsdagi atmosfera bosimi Yerdagi bunday holatning yarmiga yetishi mumkin. Bu issiqlik effekti tufayli yuz beradi, uning natijasida qutb shapkalari eriy boshlaydi hamda katta ehtimol bilan bir necha yuz million yildan so‘ng sayyora okeanlarning katta qismi erib ketadi. Olimning fikricha, uning g‘oyasi 2050 yilga qadar amalga oshirilishi mumkin.
Mavzuga oid
18:57 / 09.02.2026
Ilon Mask endi Mars emas, Oyda shahar yaratish ustuvor ekanini aytdi
08:07 / 02.02.2026
Marsda “tungi fotosessiya”: Curiosity sun’iy yoritishdan foydalandi
14:38 / 14.11.2025
NASA Marsga EscaPade pilotsiz missiyasini muvaffaqiyatli uchirdi
11:30 / 24.10.2025