Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentning 39ta chorrahasidagi kameralar qoidabuzarliklarni qayd etmoqda
Toshkent shahri chorrahalarida joylashtirilayotgan kameralar va tezlik o‘lchovchi radarlarning qachon to‘liq ishga tushirilishi ma'lum emas. Bu haqda Toshkent shahar IIBB vakili podpolkovnik Yo‘ldoshev matbuot brifingida ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda shahar bo‘yicha jami 39ta kamera chorrahalarda sodir bo‘layotgan qoidabuzarliklarni sinov tariqasida qayd etmoqda. Umuman, reja bo‘yicha jami 120ta chorrahaga kuzatuv va qoidabuzarlikni qayd etuvchi kameralar, bundan tashqari, ko‘chalarda tezlikni qayd etuvchi fotoradarlar o‘rnatiladi. Yo‘ldoshevning so‘zlariga ko‘ra, barcha tayyorgarlik ishlari yakunlangach, jihozlar o‘rnatilganidan so‘ng, hammasi bir kunda bir vaqtning o‘zida ishga tushiriladi.
Vakilning alohida uqdirishicha, chorrahalarga o‘rnatilayotgan kameralar va yo‘llarga o‘rnatiluvchi fotoradarlar faqat yangi bo‘ladi.
2 mart kuni “Profilaktika kuni” munosabati bilan Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmasida OAV vakillari ishtirokida matbuot brifingi tashkil etilgani haqida avval xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
18:20
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57
Toshkentda yangi tipdagi maktablar quriladi: sportzal va oshxona yerto‘lada bo‘ladi
17:37
Sergelida kanalizatsiya inshooti atrofidagi sassiq hid bartaraf etiladi
17:03