Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 08:34 / 04.03.2017
14544
1 daqiqa o‘qiladi
AQShda onalarni farzandlaridan bo‘lak qilishmoqchi
AQShlik amaldorlar AQShga noqonuniy kirayotgan onalar va bolalarni bir-biridan ajratish imkoniyatini ko‘rib chiqishmoqda.
Bu chora AQShga o‘z farzandlari bilan noqonuniy kelayotgan ayollar oqimini kamaytirishga qaratilgan.
Agar qonun qabul qilinsa, ota-onalar deportatsiya haqidagi qaror ko‘rib chiqilguncha hibsda ushlab turiladi, ularning farzandlari esa ijtimoiy xizmatlar qaramog‘ida bo‘ladi.
Avvalroq AQShning milliy xavfsizlik vaziri Jon Kelli deportatsiya vaqtida harbiylardan foydalanilmasligini ma'lum qilgandi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish