Sport | 12:36 / 04.03.2017
30007
1 daqiqa o‘qiladi

Bekhem Xitoy rahbari taklifiga rozi bo‘ldi

Angliya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Devid Bekhem Xitoy davlat televideniyesi orqali yosh futbolchilarga futbol sirlarini o‘rgatadi. Mirror bergan xabarga ko‘ra, ko‘rsatuv keyingi oydan boshlab yilda 365 kun efirga uzatiladi. 

Ushbu ko‘rsatuv 971 mln tomoshabinlar auditoriyasiga ega bo‘lgan CETV orqali namoyish etiladi. 

Bekhem Xitoy rahbari Si Tszinpin iltimosiga ko‘ra ushbu taklifga rozi bo‘lgan. Tszinpin angliyalik sobiq futbolchi yosh avlodni futbolga qiziqtirishda katta yordam berishi mumkin deb hisoblamoqda.

Mavzuga oid