Lionel Messi «Inter Mayami»ga ötayotganini tasdiqladi. 

«Mayamiga köçib ötişga qaror qildim. Kelişuv 100% hal qilinganmi yoki nimadir yetişmayaptimi, hali işonçim komil emas. Lekin faoliyatimni MLSda davom ettirişga qaror qildik», — deya hujumçining sözlarini keltiradi Diario Sport.

Messi «Inter Mayami»ga ötişida pul asosiy omil bölmaganini aytdi. 

«Aslida moliyaviy masalalar men uçun heç qaçon muammo yoki tösiq bölmagan. Biz «Barsa» bilan şartnomani muhokama qilmadik. Heç qanday rasmiy, yozma taklif yöq edi. Heç narsa yöq edi. Niyat bor edi, lekin oldinga siljiy olmadik, pul haqida ham rasman gaplaşmadik.

Agar gap pulda bölsa, Arabistonga yoki boşqa joyga ketardim. Saudiyaliklarning taklifi menga juda katta puldek tuyuldi va haqiqat şuki, qarorim pul emas, boşqa sabablarga köra qabul qilindi», — deya Messining sözlarini keltiradi Diario Sport.

Avvalroq argentinalik futbolçining sobiq klubi «Barsa» undan kutişni söragani, Saudiya Arabistoni variantini esa Leoning oilasi ma’qullamagani haqida xabar qilingandi.

Ma’lumot uçun, angliyalik sobiq futbolçi Devid Bekhem «Inter Mayami»ning egalaridan biri sanaladi. Klub MLS şarqiy mintaqasida 16 öyindan keyin 15 oçko bilan sönggi 15-örinni egallab turibdi.