Jahon | 19:00 / 04.03.2017
14721
2 daqiqa o‘qiladi

"Yomon yigit": Tramp yana Obamani aybladi

Foto: AFP 2017/ Jim Lo Scalzo, pool

AQSh prezidenti Donald Tramp sobiq prezident Barak Obamani uning telefon muloqotlarini saylovoldi kampaniyasi vaqtida yashirin ravishda eshitishda aybladi hamda buni pastkashlik, deb atadi.

"Prezident Obama saylovoldi kampaniyasi jarayonida mening telefon muloqotlarimni eshitish uchun naqadar pastkashlikka qo‘l urgan. Bu Niksonning Uotergeyt mojarosi. Yomon yigit", - deya yozdi Tramp Twitter’dagi sahifasida.

"Garov o‘ynashim mumkinki, yaxshi himoyachi prezident Obama mening telefon suhbatlarimni oktabrda, saylovlardan avval eshitgani fakti yuzasidan juda katta ishni tashkil etishi mumkin!" – deya ma'lum qildi u. Trampning so‘zlariga ko‘ra, uni Nyu-Yorkdagi Trump Tower osmono‘par binosida yashirin ravishda eshitishgan.

Shuningdek davlat rahbari “Amaldagi prezidentning saylovoldi kampaniyasini eshitishga qonuniy huquqi bormi?” degan savol bilan ham qiziqdi.

Ma'lumot uchun, Uotergeyt mojarosi 1972 yilda, "Uotergeyt" mehmonxonasida yashirin ravishda eshitish qurilmalariga ega bo‘lgan bir guruh kishilarning qo‘lga olinganidan so‘ng ro‘y bergan. Surishtiruv jarayoni prezident Richard Niksonning ma'muriyati o‘z xizmat vakolatini ko‘p bora suiiste'mol qilganini ko‘rsatdi hamda bu uning lavozimini tark etishiga turtki berdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid