Jahon | 15:33 / 04.03.2017
5268
1 daqiqa o‘qiladi

Liviyada jangarilar neft portiga hujum qildi

Foto: RIA "Novosti"

Liviyaning Ras-Lanuf neft porti shanba kuni radikal jangarilar tomonidan hujumga uchradi. Port marshal Halifa Haftor boshchiligidagi mamlakat armiyasi tomonidan nazorat qilinadi, deb xabar berdi Frans Press agentligi armiya vakili Ahmad al-Mismoriyga asosan.

2016 yilda Liviyaning asosiy neft terminallari Haftor kuchlari tomonidan radikallardan ozod etildi. Haftor radikal kuchlar otryadlari bilan hamkorlik qiluvchi Tripolidagi mamlakat hukumatini tan olmaydi.

Al-Mismoriyning xabar berishicha, shanba kungi Ras-Lanufga hujum “Bengazi mudofaasi brigadasi” jangarilari tomonidan amalga oshirilgan, ular mahalliy aerodromni egallab olishga muvaffaq bo‘lgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid