Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Qirg‘izistonga IShID tarafdorini topshirdi
Turkiya Qirg‘izistonga Irisqul Beyshenaliyevni topshirdi. U respublikada taniqli bo‘lgan teolog (din bo‘yicha mutaxassis) Qodir Malikovga hujum qilishda gumonlanmoqda, deb xabar berdi «Interfaks» Qirg‘izistonning Anqaradagi elchixonasiga asosan.
«3 mart kuni u Istanbul aeroportida Qirg‘iziston IIV vakillariga topshirildi, hamda o‘sha kuniyoq Qirg‘izistonga huquq-tartibot idoralari xodimlarining hamrohligida jo‘natildi», - deyiladi xabarda.
2015 yilda amalga oshirilgan suiqasddan so‘ng Malikov unga IShID terrorchilik guruhi tarafdorlari hujum qilgani haqida ma'lum qildi. Hujumda gumon qilingan Irisqul Beyshenaliyev va Alibek Tilak o‘g‘li tezlik bilan Turkiyaga chiqib ketishgan, biroq bu mamlakat kuch mahkamalari tomonidan Suriya bilan chegarada qo‘lga olindi. Qirg‘iziston huquq-tartibot idoralari ma'lumotiga ko‘ra, hujum qilgan har ikki shaxs IShID tarafdoridir.
Mavzuga oid
22:18 / 25.04.2026
Qirg‘izistonning ikkita banki Yevroittifoq sanksiyasiga uchradi
19:44 / 25.04.2026
AQSh–Eron urushi fonida Turkiya nega asabiylashmoqda?
18:07 / 25.04.2026
Eron urush tufayli yopilgan xalqaro aviaqatnovlarni qayta tikladi
23:00 / 24.04.2026