Jahon | 23:07 / 04.03.2017
12749
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya janubida Suriya armiyasi samolyoti falokatga uchradi

Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim Suriya harbiy-havo kuchlarining samolyoti Turkiya janubidagi Xatay viloyatida falokatga uchraganini tasdiqladi, deb xabar bermoqda Sky News Arabia telekanali.   

Bir qator OAV ma'lumotlariga ko‘ra, "Ahror ash-Shom" radikal guruhi a'zolari Suriya shimolida MiG-21 samolyotini urib tushirishganini ma'lum qilishgan. Ta'kidlanishicha, samolyot uchuvchisi katapulta qilib, Turkiya hududiga tushgan.  

"Xatay viloyatida qulagan harbiy samolyot Suriyaniki", deb aytgan Yildirim.

Bundan tashqari, Yildirimning bir qator turk manbalariga iqtibos keltirgan holda ta'kidlashicha, falokatga uchragan samolyot MiG-21 emas, balki MiG-23 bo‘lgan.

Suriya tomondan ushbu holat bo‘yicha hozircha izoh berilmagan.

O‘z navbatida harbiy manba "Al-Masdar" portaliga Suriya harbiy-havo kuchlari haqiqatan ham Idlib viloyatida past balandlikda uchayotgan samolyotlaridan biri bilan aloqani yo‘qotganini tasdiqlagan. 

Manbaning ta'kidlashicha, samolyot jangarilar tomondan urib tushirilmagan, uning qulashiga texnik nosozlik, ehtimol dvigatelning ishlamay qolgani sabab bo‘lgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid