Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy dengiz va havo chegaralari mudofaasini kuchaytiradi
Pekin dengiz va havo chegaralarini mustahkamlamoqchi. Bu haqda XXR hukumatining yillik hisobotida keltirilgan.
"Xitoy o‘z xavfsizligi va suverenitetini himoya qilish maqsadida havo hamda dengizdagi chegaralarini mustahkamlab, nazoratni kuchaytiradi", deyilgan hujjatda.
Unda mamlakat harbiy sohada islohotlarni chuqurlashtirishi aytilgan. Unga ko‘ra, Xitoy Kompartiyasi mamlakat qurolli kuchlari ustidan to‘la nazorat o‘rnatishi ko‘zda tutilgan.
"Bu terrorizmga qarshi, barqarorlikni ta'minlash maqsadida ochiq dengizda o‘tkaziladigan tinchlikparvar muhim missiyalar va amaliyotlar o‘tkazilishini ta'minlaydi", deyiladi hisobotda.
Hisobotda shuningdek, mudofaa sohasidagi texnologiyalarni rivojlantirishga urg‘u qaratilgan.
Mavzuga oid
20:57 / 02.07.2026
Pekindagi osmono‘par binoga urilgan samolyot uchuvchisi ruhiy kasal bo‘lgani aytildi
17:41 / 30.06.2026
Qoshg‘ar: O‘zbek mahallalarini eslatuvchi qadimiy shahar
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
20:44 / 24.06.2026