Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya prezidenti o‘z xalqini yangi gumanitar aksiyaga chorladi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an "Insoniyatga umid ber" (İnsanlığın #UmuduOl)nomli yangi gumanitar aksiyaning boshlanishi haqida e'lon qildi. Mazkur aksiya Sharqiy Afrikaning to‘rt mamlakati - Somali, Efiopiya, Keniya va Janubiy Sudan, shuningdek Yamanni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan. Bu haqida "Anadolu" nashri xabar berdi.
Turk davlati rahbari o‘zining Twitter ijtimoiy tarmog‘idagi akkauntida yuqorida nomlari qayd etilgan mamlakatlardagi keng ko‘lamli gumanitar inqirozga e'tibor qaratdi.
Erdo‘g‘an Turkiya fuqarolari qurg‘oqchilik tahdid solayotgan mamlakatlarga yordam qo‘lini cho‘zishini ta'kidladi.
"Turkiya yangi gumanitar aksiya haqida e'lon qiladi. Buning uchun "Sharqiy Afrika" (Doğu Afrika) yoki "Yaman" (Yemen) so‘zlarini yozib, 2868 raqamiga qisqa xabar yo‘llashlari mumkin. Siz 10 lira hadya qilib, birodarlarimizga yordam beruvchi aksiyani qo‘llab-quvvatlaysiz", - deb yozdi Turkiya prezidenti o‘z sahifasida.
Mavzuga oid
17:56 / 06.01.2026
Husiylar, Saudiya va BAA uchburchagi: Yamanda nimalar bo‘lyapti?
18:01 / 30.12.2025
Saudiya Yamanga zarba berdi. Nishon – ayirmachi guruhlarni qo‘llash uchun BAAdan yuborilgan qurollar bo‘lgan
14:40 / 11.09.2025
Isroil Sano shahriga zarba berdi: 35 kishi halok bo‘ldi
15:23 / 31.08.2025