Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Germaniyani natsizmda aybladi, Berlin javob qaytardi
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Germaniya Federativ Respublikasining rasmiy Anqaraga nisbatan olib borayotgan siyosatini natsizmga tenglashtirdi.
«Germaniya demokratiya yo‘lidan og‘ib ketdi, ular hozir amalga oshirayotgan xatti-harakatlar demokratiya emas. Bu natsizmdan farq qilmaydi», — dedi Turkiya prezidenti.
U bu fikrni GFRda turk jamoatchiligi miting o‘tkazishi taqiqlanganiga javoban aytib o‘tdi. GFR o‘tgan haftada Turkiyada kelib chiqishiga ko‘ra germaniyalik bo‘lgan jurnalist hibsga olinganidan keyin shunday qarorga kelgandi. Ushbu jurnalistni Erdo‘g‘an «nemis agenti» deb atagan.
Germaniya hukumati va siyosatchilari Erdo‘g‘anning bayonotiga keskin munosabatlar bildirishmoqda.
Xususan Germaniya Adliya vaziri Xayko Mas Erdo‘g‘onning gaplarini «razil va nomaqbul» deb atadi hamda «ularni eng qat'iy tarzda rad etish»ga chaqirdi.
Bundestagdagi Xristian-demokratik ittifoq (XDI) fraksiyasi yetakchisi Folker Kauder ham turklar prezidentining bayonotini qoralab chiqqan.
«NATO a'zosi bo‘lgan davlat prezidenti NATOdagi ittifoqchisiga bunday munosabatda bo‘lishi — o‘ta nomaqbul holatdir», — deya deputatning so‘zlarini keltirgan ARD.
O‘z navbatida XDI yetakchisi o‘rinbosari Yuliya Klyokner Erdo‘g‘an uzr so‘rashini talab qilgan.
Xristian-sotsialistlar ittifoqi bosh kotibi Andreas Shoyyer Passauer Neue Press gazetasi uchun bergan intervyusida Turkiya prezidentining bayonotini «Bosfordagi ashaddiy zolimning makkarona chiqishi» deb atagan.
«Natsistlarga tenglashtirish kishining g‘azabini keltiradi. Bu absurd fikr», — deya qayd etgan u.
Berlin va Anqara munosabatlari 2016 yilning yozida Turkiyadagi davlat to‘ntarishiga urinishdan keyin taranglashdi. O‘shanda GFR Turkiya hukumatini isyonchilarga nisbatan haddan tashqari shafqatsiz munosabatda bo‘lishda ayblagandi.
Mavzuga oid
09:10 / 24.04.2026
Rizo Pahlaviy Berlinda hujumga uchradi
11:58 / 17.03.2026
Berlin aeroporti 18 mart kuni ish tashlash sababli barcha reyslarni bekor qiladi
15:13 / 28.02.2026
XVJ Kiyevga 8 mlrd dollarlik to‘rt yillik kreditni ma’qulladi
12:49 / 30.01.2026