Jahon | 19:05 / 06.03.2017
3229
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiyada aviadispetcherlar ish tashlashi tufayli reyslar bekor qilinmoqda

Fransiya aeroportlarida 300ga yaqin reys bekor qilinmoqda.

The Local xabariga ko‘ra, bunday holatning yuzaga kelishiga aviadispetcherlar noroziliklari sabab bo‘lmoqda .

Qayd etilishicha, noroziliklar tufayli mamlakat aeroportlariga qo‘nadigan va uchadigan reyslarning taxminan 4 foizi amalga oshirilmaydi. Yuzaga kelgan vaziyatdan, ayniqsa, Fransiyaning janubi va g‘arbi zarar ko‘rishi mumkin. 

Aviadispetcherlarning norozilik namoyishi Brest, Bordo va Eks-an-Provans shaharlari aeroportlarida bo‘lib o‘tmoqda. Havo yo‘llari kompaniyalari xodimlari mehnat sharoitlarini yaxshilash va ish haqini oshirishni talab qilishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning noyabr oyida Germaniyaning Lufthansa aviakompaniyasi ishchilarining ish tashlashi oqibatida 870dan ortiq reyslarni bekor qilgan edi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid