Jahon | 00:22 / 06.03.2017
9400
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash vaziri homilador ayolga shaxsan o‘zi yordam berdi

Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash vaziri Talantbek Botiraliyev shifokorlar tomondan sargardon qilingan homilador ayolga shaxsan o‘zi yordam bergani tug‘ruqxonaga yetib kelgan. Bu haqda "Kabarlar" axborot agentligiga Bishkekdagi 4-sonli tug‘ruqxonada bo‘lganlar ma'lum qilishgan. Guvohlarning aytishicha, Sokuluk tumanidagi homilador ayolni Bishkekdagi tug‘ruqxonalar propiskasi bo‘lmagani uchun bir sutka davomida qabul qilmay, sargardon qilishgan. 

Ayolning qabul qilinmayotgani haqida ijtimoiy tarmoq orqali uning tanishi xabar bergan. "Qizlar kechirasiz bunday kechki vaqt murojaat qilayotganim uchun. Mening bir tanishim egizaklarga bo‘yida. Unga kesarcha operatsiya qilinishi aytilgan. Ayol puli yo‘qligi uchun tug‘ruqxonaga borolmayapti. Uch bolasi bilan eri tashlab ketgan. Bugun borsa gemoglabini 60 chiqqan. Tug‘ruqxonalar olmayotgan ekan. Xaloyiq yordam beringlar" deb yozgan ayol.

Uning bu xabariga bir ayol xayrixohlik bildirib, Botiraliyev bilan bog‘langanini va vazir bu vaziyatni o‘z nazoratiga olgani hamda ayolni 4-tug‘ruqxona qabul qilishiga ko‘rsatma berganini, barcha yordam ko‘rsatilishini ma'lum qilgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid