Jahon | 17:19 / 06.03.2017
5194
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonda hujjatlarni qo‘lda to‘ldirish taqiqlanadi

Qirg‘iziston davlat ro‘yxatdan o‘tkazish xizmati fuqarolik holati dalolatnomalari aktlarini qo‘lda to‘ldirishni taqiqlash niyatida. Bu haqda «24.kg» agentligi xizmat raisi o‘rinbosari Doston Do‘goyevga asosan xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tug‘ilganlik, o‘lim, nikoh qayd etilgani yoki bekor qilingani haqidagi guvohnomani soxtalashtirish juda oson. «Bu hujjatlar qo‘lda to‘ldiriladi. Siyohni o‘chirish kifoya. Bu hujjatlarni tekshirish dasturi yo‘q», - degan Doston Do‘goyev.

Uning qo‘shimcha qilishicha, davlat ro‘yxatdan o‘tkazish xizmati guvohnomalar blankalarini o‘zgartirishni rejalashtirgan. «Himoya kuchayadi. Bundan tashqari, biz qo‘lda to‘ldirishni taqiqlaymiz. Bu fuqarolik holatining barcha dalolatnomalariga tegishli», - deya ta'kidlab o‘tdi amaldor.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid