Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Xitoy dengiz tubiga tushish bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi
Xitoy o‘zi ishlab chiqqan "Xayi" ("Dengiz qanotlari") chuqur suv osti qurilmasida dengiz tubiga tushish bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi. Qurilma Marianna chuqurligida 6329 metr chuqurlikka tusha oldi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar qilmoqda. Shunday qilib, shu kabi qurilmalarning dengiz tubiga tushishi bo‘yicha yangi natija qayd etilgan.
Sinovdan o‘tkaziluvchi planer belgilangan hududga "Tanso-1" yuk kemasida keltirilgan. 4 kun mobaynida jami 87 soatlik 12ta dengiz tubiga tushish amalga oshirilgan. Xabarlarga ko‘ra, bu vaqt davomida qurilma 130 kmni bosib o‘tgan. Xitoy apparati Amerikaning Seaglider suv osti planeriga tegishli bo‘lgan natijani o‘zgartirishga muvaffaq bo‘lgan. U 6 ming metr dengiz tubiga tushgan edi.
Ushbu robotlashtirilgan qurilma sensorlar, uzatgichlar, turli ilmiy asbob-uskunalar va hatto jangovar kallak bilan jihozlangan. Ular muqobil tartibda bir necha oy ishlay oladi.
Suv ost planerlari ilmiy-tadqiqotlar ekspeditsiyalaridan tortib, harbiy-dengiz kuchlarining vazifalarini ham ado etishi mumkin.
Mavzuga oid
23:48 / 27.04.2026
London marafonidagi rekord Adidas aksiyalari narxini oshirdi
12:47 / 25.04.2026
Uoll-stritda rekord daromad qayd etildi
10:58 / 25.04.2026
Namangan bir oy davomida eng ko‘p gul ekish bo‘yicha rekord o‘rnatmoqchi
18:02 / 12.03.2026