Jahon | 09:06 / 06.03.2017
4228
1 daqiqa o‘qiladi

Panamadagi avtohalokat 16 kishining umriga zomin bo‘ldi

Panamada avtobusning yo‘l-transport hodisasiga tushishi oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi va 35 kishi jarohat oldi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar berdi

Mahalliy hukumatning ma'lum qilishicha, Panamerikan shossesining mamlakat poytaxtidan janub tomonga 170 km uzoqlikdagi qismida avtobus ko‘prikdan daraga tushib ketgan. Ta'kidlanishicha, avtobusda qishloq xo‘jaligida ishlovchi ishchilar bo‘lgan.    

Yo‘l-transport hodisasi sabablari ma'lum qilinmagan.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid