Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Janubiy Koreyada THAAD to‘plamlarini joylashtirishni boshladi
AQSh raketa hujumlariga qarshi mudofaa tizimlari hisoblanuvchi THAAD komplekslarini Janubiy Koreyada joylashtirishni boshladi. Bu haqda AQSh Qurolli kuchlari Tinch okeani qo‘mondonligi xabar qilmoqda. Shu maqsadda, yarim orolga majmualarning ilk elementlari keltirilgan.
«Shimoliy Koreyaning davomli fitnalari, xususan, 6 mart kuni navbatdagi ballistik raketalarni uchirishi, bizning THAAD tizimlarini Janubiy Koreyada joylashtirish qarorimiz to‘g‘riligini isbotlaydi», — degan admiral Harri Harris.
Amerika qo‘mondonligining qayd etishicha, THAAD majmualari faqat mudofaa vazifalarini bajaradi va boshqa mamlakatlarga tahdid solmaydi. Ushbu RQM tizimlari kichik va o‘rta masofaga uchuvchi ballistik raketalarni atmosfera va uning tashqarisida urib tushirish uchun ishlab chiqarilgan.
Avvalroq, Oq uy ma'muriyati, Janubiy Koreyada RQM to‘plamlarini joylashtirishga KXDR aybdor ekanini aytgan edi.
Mavzuga oid
20:27 / 09.06.2026
Si Jinping Pxenyanda: Xitoy va KXDR munosabatlarni «yangi cho‘qqilar»ga olib chiqmoqda
10:43 / 14.05.2026
400 ming dollarlik firibgarlik: Koreya ish vizasi bilan bog‘liq holat fosh etildi
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
10:44 / 23.04.2026