Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimlar yurak nima uchun urishini aniqlashdi
Olimlar yurak urishi gidravlika tufayli amalga oshishini aniqlashdi. Bu haqida ularning Scientific Reports ilmiy jurnalidagi maqolada ma'lum qilindi.
Yurakning tuzilishi va uning ishlash mexanizmi allaqachon o‘rganib bo‘lingan, biroq yurak urishining amalga oshish sababi noma'lumligicha qolmoqda edi. Shvetsiyadagi Qirollik texnologiya instituti olimlari yurak urishi vaqtida uning kameralari o‘lchamlarining o‘zgarishini kuzatish maqsadida yurakni MRT qilishdi va u gidravlik kuchlar ta'sirida amalga oshishini aniqlashdi - ular yurakning qonga to‘lishiga turtki berar ekan.
"Gidravlikaning yurak faoliyatidagi roli shu kunga qadar inobatga olinmagandi", - dedi tadqiqotning yetakchi muallifi Martin Ugander.
Tadqiqot mualliflari ularning kashfiyoti yurak kasalliklarini davolashning yangi usullarini topishga yordam berishiga umid qilishmoqda.
Mavzuga oid
07:23 / 07.02.2026
Reyting: tadqiqot va ishlanmalarga eng ko‘p pul sarflaydigan davlatlar
22:17 / 23.01.2026
Olimlar videoo‘yinlar va ijtimoiy tarmoqlarning o‘smirlar ruhiyatiga zararini rad etdi
17:19 / 20.01.2026
Tadqiqot: noteng daromadlar siyosiy beqarorlikka olib boradi
15:20 / 29.12.2025