Olimlar yurak urişi gidravlika tufayli amalga oşişini aniqlaşdi. Bu haqida ularning Scientific Reports ilmiy jurnalidagi maqolada ma'lum qilindi.
Yurakning tuzilişi va uning işlaş mexanizmi allaqaçon örganib bölingan, biroq yurak urişining amalga oşiş sababi noma'lumligiça qolmoqda edi. Şvetsiyadagi Qirollik texnologiya instituti olimlari yurak urişi vaqtida uning kameralari ölçamlarining özgarişini kuzatiş maqsadida yurakni MRT qilişdi va u gidravlik kuçlar ta'sirida amalga oşişini aniqlaşdi - ular yurakning qonga tölişiga turtki berar ekan.
"Gidravlikaning yurak faoliyatidagi roli şu kunga qadar inobatga olinmagandi", - dedi tadqiqotning yetakçi muallifi Martin Ugander.
Tadqiqot mualliflari ularning kaşfiyoti yurak kasalliklarini davolaşning yangi usullarini topişga yordam berişiga umid qilişmoqda.












