Jamiyat | 14:43 / 07.03.2017
12973
1 daqiqa o‘qiladi

Taksi avtomobillarining eng xavfli rangi aniqlandi

Singapur, Amerika va Xitoy olimlari taksi avtomobillarining eng xavfli rangiga aniqlik kiritishdi. Ushbu tadqiqot natijasiga bag‘ishlangan hisobot Proceedings of the National Academy of Sciences jurnalida chop etildi.

Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, har ming avtomobil orasida ko‘k rangli avtomobillarda avtohalokatga uchrash ehtimoli sariq ranglilariga qaraganda 6,1 ta (9 foiz)ga ko‘proqdir. Olimlarning fikricha, buning sababi ko‘k rang sariq rangga qaraganda kamroq sezilarli ekanidadir. 

Ekspertlar Singapurdagi eng yirik taksi tarmog‘ining avtohalokatlariga doir 3 yil davomidagi har oylik statistika ma'lumotlarini o‘rganish natijasida shunday xulosaga kelishgan. Ularning qayd etishlaricha, mazkur tadqiqot avtomobil rangini tanlash muhimligini tasdiqlaydi. Bu bilan baxtsiz hodisalar soni hamda ta'mirlash xarajatlarini pasaytirish mumkin bo‘ladi. 

Mavzuga oid