Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya bosh vaziri Yevropaning yirik mamlakatlariga safar uyushtiradi
Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe shu yilning 19 martidan Yevropaning uch mamlakatiga safarini boshlaydi. U dastlab Germaniyaga, so‘ngra Fransiya va Italiyaga borishni rejalashtirgan. Abe Liberal-demokratik partiya va "Yangi Komeyto" partiyasidan iborat hukmron koalitsiyaning navbatdagi kengashida shu haqda ma'lum qilgan.
"Men ushbu davlatlar yetakchilari bilan xalqaro hamjamiyat duch kelayotgan muhim masalalarni ochiqchasiga muhokama qilishga hamda tinchlik va farovonlik uchun qalin hamkorlik qilishga umid qilaman", - degan Yaponiya hukumati rahbari.
NHK telekanalining aniqlik kiritishicha, Abe Yevropa davlatlari yetakchilari bilan KXDRning yadro-raketa dasturi va Suriyadagi vaziyat yuzasidan fikr almashishni rejalashtirgan.
Kyodo agentligiga ko‘ra, Yaponiya bosh vaziri GFR federal kansleri Angela Merkel, Fransiya prezidenti Fransua Olland va italiyalik hamkasbi Paolo Djyentiloniga Amerikaning yangi prezidenti Donald Tramp bilan fevral oyida o‘tkazgan uchrashuvi haqida so‘zlab berishni niyat qilgan.
Mavzuga oid
14:07 / 11.06.2026
Yevropada AQShga ishonch tarixiy minimumga tushdi
10:08 / 11.06.2026
Yonilg‘i narxlari oshishi Yevropada elektromobillarga talabni kuchaytirdi
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
10:17 / 10.06.2026