Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Oyga 4 kishini yetkaza oladigan fazo kemasini ishlab chiqarmoqda
Xitoy hozirda yangi avlod fazo kemasini ishlab chiqarmoqda. U Oyga 4 kishini yetkaza oladi, deya bayonot bergan Xitoy fazo kemalari dasturi bosh konstruktori Chjan Baynan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, "Xitoy ko‘p marta foydalanish mumkin bo‘lgan fazo kemasini ishlab chiqarish ustida ish olib bormoqda".
"Xorijdagi yangi avlod ko‘p martalik fazo kemalari Yer yaqinidagi orbitaga ko‘pi bilan 6 nafar fazogirni olib chiqa oladi. Oyga qo‘nish uchun bu raqam 3-4 kishini tashkil etadi. Bizning rejalarga ko‘ra, shu darajaga yetish yoki undan o‘tish kerak", — degan Chjan Baynan "Ketszi jibao" gazetasiga bergan intervyusida.
Xitoyning Oyga qo‘nish dasturi uch bosqichdan iboratdir. Bunda Yerning yagona tabiiy yo‘ldoshi atrofini aylanish ("Chan'e-1" va "Chan'e-2"), Oyga qo‘nish ("Chan'e-3" va "Chan'e-4") hamda Oydan Yerga qaytish ("Chan'e-5" va "Chan'e-6")dan iborat.
Bundan avvalroq, ushbu dastur rahbari o‘rinbosari Chjan Yuylin Xitoy 2036 yilgacha Oyga o‘z fazogirlarini yuborishni rejalashtirayotgani haqida so‘z yuritgan edi.
Mavzuga oid
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
22:15 / 09.06.2026
Xitoyda ilk marta odamga cho‘chqaning ikkita buyragi va jigari muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
20:27 / 09.06.2026