Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp galstuk hilpiramasligining yangi usulini "ixtiro qildi"
AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining sevimli qizil galstugi shamolda hilpiramasligi uchun skotchdan foydalandi. Trampning bunday antiqa ko‘rinishi suratlarini ko‘pchilik OAV, jumladan Fox News telekanali tarqatdi.
Tramp shamolda hilpirayotgan galstugini mahkamlash uchun qistirgichdan foydalanish o‘rniga skotchni afzal ko‘rdi. U galstugining uchini ichki tomondan ko‘ylagiga skotchlashga harakat qilgan. Telekanal bunga izoh berib, "hattoki AQSh prezidenti ham muammoning tez yechimini topishiga to‘g‘ri keladi" deb kinoya qilgan. Telekanalning eslatishicha, Tramp inauguratsiyasi kuni ham xuddi shu usuldan foydalangan.
Ijtimoiy tarmoqlarda ba'zi foydalanuvchilar Trampni topqir va zukko deb atashgan, boshqalar esa uning bu usulini "qonunga xilof" deb kinoya qilishgan.
Mavzuga oid
13:42 / 10.03.2026
Eronga AQSh maxsus kuchlari yuborilishi haqidagi xabarlar inkor etildi
12:07 / 23.02.2026
Trampning qarorgohi yonida otib o‘ldirilgan shaxs 21 yoshli rassom bo‘lgan
10:29 / 12.08.2020
Tramp dunyodagi bosh muammoni ma'lum qildi
07:30 / 11.08.2020