Yangi elchi. AQSh Rossiyaga optimist odam jo‘natmoqda (fotojamlanma)
Yuta shtatining sobiq gubernatori, respublikachi Jon Hantsman AQSh prezidenti Donald Trampning Rossiyaga elchi bo‘lish bo‘yicha taklifini qabul qilgan. Bu haqda NBC News telekanali ushbu siyosatchiga yaqin manbaga asoslangan holda xabar berdi.
Hantsman — tajribali diplomat, u Pekinda elchi bo‘lib ishlaganida, Barak Obama va Xu Tszintao o‘rtasida qalin aloqalar o‘rnatish uchun ba'zi ishlarni amalga oshirgan.
2012 yilda Hantsman AQSh prezidentligi uchun saylovda Respublikachilar partiyasidan nomzod bo‘lgan, u keyinroq asosiy bosqich boshlanmasidan poygadan chiqqandi.
Uni siyosat olamida «texnokrat-optimist» sifatida ta'riflashadi.
Hantsman siyosiy faoliyatini Ronald Reygan prezidentligi davrida boshlagandi, u o‘shanda Savdo vaziri sifatida faoliyat ko‘rsatgan. U o‘tgan vaqt davomida barcha prezidentlar davrida turli lavozimlarda ishlab kelmoqda.
1992–1993 yillarda, katta Jorj Bush davrida u AQShning Singapurdagi elchisi bo‘lgan, 2009-2011 yillar davomida Xitoyda ishlagan.
U 2001 yiliyoq Xitoyda ish boshlashi mumkin bo‘lgan, ammo Jorj Bush unga Indoneziyadagi elchi bo‘lishni taklif qilgan, ammo Hantsman prezident taklifini rad etib, 2003 yilga qadar AQSh savdo vakilligida faoliyat ko‘rsatgan.
2005 yildan 2009 yilgacha Yuta shtati gubernatori bo‘lgan Hantsman o‘zining talantli menejyer ekanini ko‘rsatgan.
Mavzuga oid
16:41
O‘zbekistonning Chernogoriyadagi birinchi elchisi tayinlandi
15:10 / 02.11.2024
O‘zbekistonning yangi elchisi Pokiston prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
12:30 / 02.11.2024
Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchisi diplomatik missiyasini yakunlayapti
07:30 / 28.10.2024