Özbekiston taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov Burundi davlatining Özbekistondagi birinçi elçisi Jozef Nkurunzizani qabul qildi. Uçraşuv çoğida elçi janoblari özining işonç yorliqlarini vazirga topşirdi.
Taşqi işlar vaziri öz Telegram-kanalidagi xabarida Burundining Özbekistondagi birinçi elçisi işonç yorliqlarini qabul qilganini qayd etar ekan, muloqot samarali va kelajakka yönaltirilgan ruhda ötganini ta’kidladi.
Muzokaralar davomida:
- ikki davlat örtasidagi aloqalarning rivojlanayotgan salohiyati böyiça fikr almaşildi;
- savdo-iqtisodiy, siyosiy va boşqa yönalişlarda hamkorlikni kengaytiriş imkoniyatlari muhokama etildi;
- xalqaro va mintaqaviy taşkilotlar doirasida hamkorlikni kuçaytiriş masalalari körib çiqildi.
Uçraşuv yakunida Baxtiyor Saidov elçi Jozef Nkurunzizaga Özbekistondagi mas’uliyatli diplomatik faoliyatida muvaffaqiyatlar tilab, özaro manfaatli va natijaga yönaltirilgan hamkorlikni birgalikda rivojlantirişga tayyorligini bildirdi.













