Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAAning Emirates va Etihad aviakompaniyalari birlashishi mumkin
Birlashgan Arab Amirliklarining Emirates va Etihad Airways aviakompaniyalarini nazorat qiluvchi hukmron oilalari ikki raqobatchi kompaniyaning birlashish ehtimoli borasida muzokaralar olib borishdi. Germaniyaning vaziyat bilan tanish manbasiga asoslangan Handelsblatt gazetasi shu haqida xabar berdi.
"Aviakompaniyalar shiddatli o‘sishdan keyin hozirda og‘ir damlarni boshdan kechirmoqda: ikki kompaniya ham daromad tushishi va sanoatdagi o‘zgarishlar bilan kurashmoqda. Ularni birlashtirish oson bo‘lmaydi", - deb yoziladi nashrda.
Bundan avval Etihad avakompaniyasi Emirates bilan uzviy aloqa o‘rnatish ko‘zda tutilgan hech bir ssenariyni ko‘rib chiqmasligini aytgan. Etihad'da bugungi kunda kompaniyalar o‘rtasida birlashishga doir muzokaralar olib borilmayotgani ma'lum qilingan. Emirates nashrning izohlar haqidagi savollariga javob bermadi.
Emirates avakompaniyasiga 1985 yilda Dubayda asos solingan. Bugungi kunda tashuvchi Airbus A380 va Boeing samolyotlarining eng yirik parkiga ega. Havo kemalarining umumiy soni 230 tadan ortadi. Aviakompaniya taxminan 80 mamlakatga 150 yo‘nalish bo‘yicha parvozlarni amalga oshiradi.
Etihad Airways — BAAnning milliy aviakompaniyasi. U 2003 yilda iyul oyida tashkil etilgan va Abu-Dabida joylashgan.
Mavzuga oid
14:10 / 17.06.2026
O‘zbekiston va BAA strategik sheriklik doirasida yangi loyihalarni amalga oshiradi
09:45 / 13.06.2026
Eronning milliardlab dollarlik mablag‘lari atrofida bahs kuchaydi
14:06 / 25.05.2026
BAA bilan “Sifatli davlat boshqaruvi” dasturi yo‘lga qo‘yiladi
17:39 / 22.05.2026