Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikada dunyodagi eng qimmat taomlardan biri yaratildi
Meksikaning kurort shaharlaridan biridagi Kabo-San-Lukasdagi qimmatbaho restoranlardan biri o‘z mijozlariga dunyodagi eng qimmat tako taomini 25 ming dollardan taklif qilmoqda.
Tako makka yoki bug‘doy unidan yopilgan non va uning ichiga o‘raladigan turli masalliqlardan iborat taom hisoblanadi. Oddiy tako bir necha pesodan 2-3 dollargacha turadi.
Taklif qilinayotgan eng qimmat takoda oddiy takodan faqatgina zog‘ora non qolgan. Uning ichiga solingan qiyma esa oltin yormalar, yapon marmar mol go‘shti – kobe, langust, beluga ikrasi, bri pishlog‘i va qora tryufeldan tayyorlangan. Bu tako chili garmdorisi va oliy sifatdagi tekila ichimligi asosida tayyorlangan qayla bilan birga tortiq qilinadi, deb ma'lum qilmoqda Capital Mexico portali.
Hozircha bunday antiqa tako tayyorlanayotgan Frida restorani bosh oshpazidan uning qimmatbaho taomiga birorta buyurtma berilgani haqidagi ma'lumot berilmagan.
Mavzuga oid
23:45 / 12.06.2026
JCh boshlandi: Raul gol urdi, Eronni siqishmoqda
08:25 / 12.06.2026
JCh-26. Ochilish o‘yinida uchta qizil ko‘rsatildi
14:37 / 11.06.2026
Mundial tanishtiruvi. A guruhi haqida nimalarni bilish kerak?
17:59 / 10.06.2026