Jamiyat | 13:13 / 09.03.2017
4334
2 daqiqa o‘qiladi

Singapurda chekishga ruxsat berilgan yosh darajasi oshiriladi

Singapur hukumati chekishga ruxsat beriluvchi yoshni 18dan 21ga qadar oshirish niyatida. Sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha katta davlat vaziri Emi Kxor parlamentga bu taklifni ko‘rib chiqish uchun kiritdi.

"Bu yoshga yetmagan shaxslarga tamaki mahsulotlarini sotish taqiqlanadi, bundan tashqari, sigaretalar saqlaganlik uchun ham javobgarlik kiritiladi", - deya aytib o‘tdi idora vakili. Uning so‘zlariga ko‘ra, "taklif etilayotgan cheklovlar yaqin bir necha yil davomida kuchga kiradi".

Mamlakat hukumati chekuvchilarga nisbatan choralarni ham kuchaytirmoqda. Masalan, o‘tgan yili 400dan ortiq bog‘ hududlarida chekish taqiqlandi. Hammasi bo‘lib esa shahar-davlatda chekish mumkin bo‘lmagan o‘n minglab joylar bor – ular ichida birinchi navbatda kasalxonalar, savdo markazlari, kinoteatrlar, jamoat transporti bekatlari, yer usti yo‘laklari mavjud. Bu holatda qoidabuzarlik uchun taxminan 1,2 ming AQSh dollarilik jarima qo‘llaniladi.

Singapur sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2010 yilda o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, mamlakatning 18-69 yoshdagi fuqarolari ichida chekuvchilar ulushi 14,3 foizga teng.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid