Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh bosh prokurori Obama prokurorlaridan iste'foga chiqishni talab qildi
AQShning yangi bosh prokurori Jyeff Seshns sobiq prezident Barak Obama tomonidan tayinlangan 46 nafar federal prokurorlarning iste'fo berishlarini talab qildi. Bu hokimiyatning «bir xilda o‘tish» jarayonini ta'minlaydi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi mamlakat adliya vazirligiga asoslangan holda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi federal prokurorlar tasdiqlanguncha, idoralardagi boshqa prokurorlar vazifalarini ado etib turishadi.
Yangi federal prokurorlarni tayinlash AQShning yangi prezidenti boshqaruvi avvalidagi me'yoriy holat hisoblanadi.
Bunda, agentlikning qayd etishicha, Manxetten prokurori Prit Bxarara Obama tomonidan tayinlangan bo‘lsa-da, lavozimida qolishi mumkin.
Amerika mulozimining so‘zlariga ko‘ra, u Donald Tramp va Seshns bilan uchrashgan. Ular Pritni lavozimida saqlab qolishga qaror qilgan.
Biroq, bu qaror Seshnsning so‘nggi e'lonidan avval qabul qilingan, shunga ko‘ra, Bxarara lavozimini haqiqatdan ham saqlab qolishi noma'lum bo‘lib qolmoqda.
Mavzuga oid
05:49
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
19:55 / 04.07.2026
Jaziramadagi bayram: issiq sabab AQShdagi mustaqillik tadbirlari bekor qilinmoqda
22:57 / 03.07.2026
Donald Trampga 321 ta olmos ko‘zli uzuk sovg‘a qilindi - OAV
18:30 / 02.07.2026