Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikalikni shamol uchirib ketishiga bir bahya qoldi (video)
Internetda Amerika iqlimshunoslik observatoriyasi xodimi shamol bilan muvaffaqiyatsiz kurash olib borayotgani tasvirlangan video ommalashmoqda. Rolik tashkilotning Facebook'dagi rasmiy sahifasida e'lon qilingan.
"Bugun ertalab shamol kuchi soniyasiga 44 metrni tashkil qildi, shuning uchun biz biroz "o‘ynab ko‘rish"ga majbur bo‘ldik... Bayroq shamol tezligi va yo‘nalishini aniqlashda ishlatiladi", - deyiladi videoga qoldirilgan izohda.
Bir kunning o‘zida rolikni bir necha yuz ming bora tomosha qilishgan va minglab izohlar qoldirishdi. Foydalanuvchilardan ko‘pchiligi nima uchun observatoriya xodimlari shamol shundoq ham kuchli bo‘lgan paytda bayroq o‘rnatishga qaror qilishganini tushunishmadi.
Ma'lumot uchun, observatoriya Nyu-Hempshirdagi Vashington tog‘i tepasida joylashgan. Observatoriya shiori – “Dunyodagi ob-havo eng yomon joy”.
Mavzuga oid
20:51 / 07.03.2026
Tramp Eronning «yomon xulqi» tufayli yangi nishonlarga «juda kuchli» zarbalar berilishini aytdi
20:26 / 07.03.2026
AQSh Eronni neft daromadlaridan mahrum qilmoqchi
18:05 / 07.03.2026
Eron prezidenti hujumga uchragan qo‘shni davlatlardan uzr so‘radi
15:23 / 07.03.2026