Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyaliklarni Fukusimadagi radioaktiv to‘ng‘izlar surati cho‘chitib yubordi
Matbuotda 2011 yil mart oyida Yaponiyada yuz bergan kuchli zilzila oqibatida avariya yuz bergan Fukusima atom stansiyasi atrofidagi hududda izg‘ib yurgan to‘ng‘izlar surati chop etildi.
To‘ng‘izlar avariyadan keyin aholi evakuatsiya qilinishi oqibatida kimsasiz qolgan bu hududlarga yaqin oradagi tog‘lardan tushib kelgan va oxirgi yillar katta miqdorda ko‘payib ketgan. Ular oziqa topish maqsadida ushbu hududdan tashqariga chiqib ketmoqdalar.
Yaponiya hukumati mart oyi oxirida stansiya yaqinidagi bir qator aholi punktlariga aholining yana qaytishiga ruxsat bermoqchi. Ayni vaqtda mahalliy hokimiyat hududni to‘ng‘izlardan tozalash bo‘yicha ish olib bormoqda, deb xabar bermoqda Mirror nashri.

Bu maqsadda maxsus tayyorlangan ovchilar brigadasi jalb qilingan bo‘lib, ular to‘ng‘izlarga qopqon qo‘yish va so‘ngra ularni otish bilan shug‘ullanishmoqda. Bunday brigadalardan biriga hamrohlik qilgan fotosuratchi Toru Xanai yovvoyi jonzotlarning bir nechta suratlarini olishga muvaffaq bo‘ldi.


Oxirgi yil davomida ovchilar 300 dan ko‘proq to‘ng‘izni yo‘q qilishgan. Ta'kidlanishicha, bu ish aholi uylariga qaytgandan keyin ham davom ettiriladi.
Mavzuga oid
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026
Dunyodagi eng mashhur 10 ta avtomobil brendi nomi e’lon qilindi
08:33 / 04.06.2026