Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Niderlandiya rahbariyatini “fashistlar” deb atadi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Niderlandiya rahbariyatini “natsizm sarqiti” va “fashistlar” deb atadi. U bu haqda Turkiyaning Bag‘jilarida chiqish qilib, ma'lum qilgan, deb xabar bermoqda Anadolu.
Shuningdek Turkiya rahbari mamlakat rahbariyatini “qo‘rqoq” deb ham atadi.
Erdo‘g‘an bunday bayonot bilan Niderlandiya hukumati Turkiya TIV rahbari Mevlud Chavusho‘g‘liga mamlakatga uchib kelishni taqiqlaganidan so‘ng chiqqan.
“Ko‘ramiz, Gollandiya, endi sening samolyotlaring Turkiyaga qanday uchar ekan. Men oddiy fuqarolar haqida emas, balki diplomatlar haqida gapirmoqdaman”, - deya Turkiya prezidentining so‘zlaridan iqtibos keltirdi TASS.
Uning qo‘shimcha qilishicha, “Gollandiya qancha istasa, shuncha terrorchilarni boqishi mumkin”, biroq oxir-oqibat bularning bari unga zarba bo‘lib tushadi.
Mavzuga oid
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026