Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston prezidenti OAVni tuhmat va vaziyatni beqarorlashtirishda aybladi
Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev “bir qator mustaqil jurnalistlar, OAV va siyosatchilar” mamlakatda yolg‘on va tuhmat bo‘yicha kampaniyani olib bormoqda, degan fikrda. Bu haqda davlat rahbarining rasmiy bayonotida aytilgan, u prezident saytida e'lon qilindi.
“Alohida OAV va hattoki ijtimoiy tarmoqlardagi bunday kampaniya so‘nggi bir necha yildan beri o‘tkazilmoqda va o‘tgan yilning yozidan ayniqsa kuchaydi. Yolg‘on, tuhmat va badnom qilish bo‘yicha kampaniya. Xalqimiz uchun muqaddas bo‘lgan so‘z erkinligi prinsiplarini yolg‘on va tuhmat bilan almashtirish”, - deya yozadi Atamboyev.
Shuningdek, uning jurnalistlarga eslatishicha, ularning vazifasi – soxta xabarlarni emas, balki haqqoniy ma'lumotni yetkazishdir. Atamboyev bu “kampaniya”ning maqsadini respublikadagi vaziyatni noyabrda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan saylovlardan avval beqarorlashtirish, deb atadi.
“Tegishli idoralar ozodlik uchun bu soxta kurashuvchilarga qonun barcha uchun barobar ekanini eslatib qo‘yishlari vaqti keldi”, - deya xulosa qildi Qirg‘iziston rahbari.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
15:28 / 28.05.2026