Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Niderlandiya bosh vaziri Erdo‘g‘anning "fashistlar" degan so‘ziga javob berdi
Niderlandiya bosh vaziri Mark Ryutte Niderlandiya hukumati Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘luning samolyotiga qo‘nishga ruxsat bermagandan keyin Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning Niderlandiya rahbariyatini "fashistlar" deb atagan so‘zlaridan achchiqlandi. Bu haqda "Assoshieyted Press" axborot agentligi xabar bermoqda.
Avvalroq Niderlandiya vazirlar mahkamasi 11 mart kuni Rotterdamdagi turk jamoasi namoyishida ishtirok etmoqchi bo‘lgan Chovusho‘g‘luning samolyotiga qo‘nishga ruxsat bermagandi. Niderlandiya hukumati bu qaror "jamoat tartibi va xavfsizligiga tahdid" sababli qabul qilinganini aytgan. Erdo‘g‘an niderlandiyaliklarning bu ishlarini natsizm deb atagan va javob choralari ko‘rish bilan tahdid qilgan.
"Men tushunaman, u g‘azablangan, biroq uning bu so‘zlari chegaradan chiqishdir", deb ta'kidlab o‘tgan Ryutte va Erdo‘g‘anning e'tirozlarini "telbanoma" deb aytgan.
Mavzuga oid
10:03 / 12.06.2026
Ilon Mask 55 milliard dollarlik Terafab loyihasini ilgari surmoqda
22:32 / 09.06.2026
Niderlandiya bilan o‘yin ishonch berdi: O‘zbekiston JChga tayyor ekan!
19:11 / 08.06.2026
O‘zbekiston va Niderlandiya milliy jamoalari bir kunda ikkita o‘yin o‘tkazadi
17:17 / 07.06.2026