Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
13 mart kuni Toshkentda yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin
Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 13 mart kuni poytaxtda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 1-3 daraja sovuq, kunduzi 3-5 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘lib, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi -3-2 daraja iliq bo‘ladi.
Mavzuga oid
10:25 / 05.12.2025
Qamchiq dovonida yomg‘ir va qor yog‘moqda, haydovchilardan xavfsizlikka rioya etish so‘raldi
13:55 / 29.07.2025
Xitoy poytaxtida kuchli yomg‘ir oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi
16:01 / 06.07.2025
Havo harorati qanday o‘lchanadi? Toshkent observatoriyasidan reportaj
19:58 / 27.06.2025