Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron o‘zi ishlab chiqargan tankni namoyish qildi
Eron o‘zi ishlab chiqargan Karrar nomli tankni namoyish qildi. Eronlik harbiylarning aytishicha, bu tank ko‘rsatkichlari bo‘yicha Rossiyaning T-90 tankidan qolishmaydi. Bu haqda Fars News axborot agentligi xabar bermoqda.
Seriyali tarzda ishlab chiqarilishi boshlangan tankning taqdimotida Eron mudofaa vaziri Husayn Dehqon ishtirok etdi. Uning aytishicha, Karrar o‘t ochishni boshqarishning elektrooptik tizimi, lazerli masofa o‘lchagich va ballistik hisoblagich bilan jihozlangan. Tank ham harakatdagi, ham turg‘un nishonlarni ura oladi. Bundan tashqari, tank raketalar ota oladi va ularni masofadan turib nishonga yo‘naltira oladi.
"Eron mudofaa sanoati tankni noldan loyihalab, qurdi. U eng yaxshi tank bo‘lmasa-da, Rossiyaning T-90 tanki kabi qirg‘in keltiruvchidir", deb aytdi Dehqon.
Dehqonning ta'kidlashicha, yangi tank dunyodagi eng zamonaviy tanklar bilan qatorda turadi.
Mavzuga oid
08:33 / 02.07.2026
Eron Ali Xominaiy bilan xayrlashadi
21:57 / 01.07.2026
O‘zbekiston delegatsiyasi Eron oliy rahbarining dafn marosimida ishtirok etadi
22:59 / 30.06.2026
400 kg uran nega 60 foizgacha boyitilgan? Eron elchisining javobi
14:37 / 30.06.2026