Jamiyat | 09:49 / 13.03.2017
13736
2 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyadagi g‘aroyib relslar barchani hayratga soldi (video)

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari Yaponiyaning Osaka shahridagi ko‘p relsli yo‘l qanday ishlashi tasvirlangan kadrlardan hayratga tushishdi. Ikki poyezdning bir-biriga bilan yaqinlashganda orasidagi juda ham qisqa masofa va muhandislarning o‘ta aniq hisob-kitoblari haqiqatdan ham kishini hayratga soladi.

Ko‘pchilik foydalanuvchilar poyezdlar bir-biriga juda yaqin kelganida xavotir olishgani aniq, relslar esa so‘nggi lahzalarda boshqa yo‘nalishga o‘tkaziladi. Juda ham kichik xato va to‘qnashuv yuz beradigandek tuyuladi. Kimdir Sietl shahrida 2005 yilda ro‘y bergan holatni esladi. O‘shanda stansiyadan uzoq bo‘lmagan yerda bir poyezd boshqasining yon tomoniga tegib ketgandi. Yo‘lovchilar jiddiy jabrlanmadi, ikki inson kichik jarohatlar bilan kasalxonaga yetkazilgandi. Biroq barcha kishilarni xavfsiz joyga ko‘chirish uchun bir soat talab etildi. Relslar taxminan 7,6 metr balandlikda joylashgan bo‘lib, yo‘lovchilar o‘t o‘chirish xizmatining narvonlarida tushishga majbur bo‘lgan.

Aksariyat foydalanuvchilar Yaponiya texnologiyalari butun dunyodan 20 yilga oldinda yurishi va monorelsni qurish chog‘ida hammasi aniq hisob-kitob qilinganini ma'lum qildi. Bugungi kunda to‘laqonli avtonom mashinalarni yaratganlar shunday juda mas'uliyatni ishda xato qilishi mumkinmi? 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid