Jahon | 17:16 / 13.03.2017
4831
1 daqiqa o‘qiladi

Berlin aeroportlarida bir kunning o‘zida 600dan ziyod reys bekor qilinadi

Berlinning Tegel va Shyonefeld aeroportlari 13 mart, dushanba kuni 660 reysni bekor qiladi, bu yer usti xizmatlari xodimlarining ish tashlashi bilan bog‘liq, deb xabar bermoqda Reuters.

Xususan, Tegelda 465 parvoz bekor qilinsa, Shyonefeldda — 195. Tegel vakilining ta'kidlashicha, gap Berlindagi deyarli barcha reyslarni bekor qilish haqida bormoqda.

Germaniyaning Lufthansa aviatashuvchisi esa dushanba kuni nemis poytaxti, Myunxen va Frankfurt o‘rtasidagi reyslarni bekor qilishi haqida e'lon qildi. Bundan tashqari, bu kuni Berlindan parvozlarni amalga oshirishdan Air Berlin, British Airways, EasyJet va Ryanair ham voz kechdi.

Tegel va Shyonefeld yer usti xizmatlari xodimlari ish haqi miqdorini oshirishni talab qilishmoqda – soatiga 11 yevrodan 12 yevrogacha. Aeroportlar rahbariyati ularga maoshni atigi 10 sentga oshirishni taklif qilmoqda.

Ish tashlash dushanbaga o‘tar kechasi boshlangan bo‘lib, 25 soat davom etadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid